Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell» Toshkent markaziga kashtan ko‘chatlari o‘tqazdi (foto)

«Ucell» Toshkent markaziga kashtan ko‘chatlari o‘tqazdi (foto)

Foto: Xabar.uz

«Coscom» MChJ («Ucell» savdo belgisi) poytaxt hokimligi ko‘magi bilan 24-oktyabr kuni poytaxtning Navoiy shoh ko‘chasida 36 tup kashtan ko‘chatlarini ekdi.

Aksiya 2019-yil avgust oyida Mahtumquli ko‘chasida daraxt ekishda qatnashish bilan boshlangan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘sha vaqtdan boshlab «Ucell» ko‘ngillilari Toshkentdagi beshta park hududlarida ko‘chat ekishda ishtirok etib, 615 tup ko‘chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishgandi.

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumani hokimligi ko‘magida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududi tozalanib, Sirg‘ali mavzesining yangi kichik tumanda «Viktoriya xiyoboni» barpo etildi. Ushbu ikki tadbir doirasida ishtirokchilar 3-4 yoshdagi 80 tup chinor ekdilar.

Bu yil «Ucell» ko‘ngillilari bahorda karantin joriy qilinishidan oldin Toshkentda nastarin xiyoboni barpo etishdi va Qarshi hamda Navoiy shaharlarida hind nastarini, ispan daraxtlarini o‘tqazishga muvaffaq bo‘lishdi. Daraxt ekish geografiyasi shu tarzda kengayib bormoqda.

Yana bir ekologik aksiya Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. 29 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Termiz shahrining asosiy ko‘chalarida, San’at saroyi parki va Amudaryo qirg‘og‘ida, Termiz shahar hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi ko‘magi bilan «Ucell» xodimlari 1200 kashtan ko‘chatlarini ekdilar.

Baxtiyor Nasimov, «Ucell» kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i:

– Bu yili kashtan tasodifan tanlanmadi. Landshaft dizayni bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, u atrof-muhitga yaxshi ta’sir qiladi, havoni oltingugurtli gazlardan tozalaydi va changni o‘zida saqlaydi. Ayniqsa, u keng shahar va park xiyobonlari va bulvarlarga o‘tqazilsa juda yaxshi. Va, albatta, uning tutun va gazlarga chidamliligi zavodlarni, sanoat zonalarini, energetika inshootlari va boshqa joylarni ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekilishiga sabab bo‘ladi.

2020 yil 24 oktyabrda Navoiy shohko‘chasida bo‘lib o‘tgan aksiyada poytaxt hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring