Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar joriy etilmoqda

Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar joriy etilmoqda

Shu yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» xabar berdi. 

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi. Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya Hukumatining 16.03.2020 yildan 635-p farmoyishi asosida Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.

«Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligingizni so‘raymiz. Chiptada ko‘rsatilgan va siz to‘lagan narxni taqqoslashingizni qattiq tavsiya etamiz. Aviachipta aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilinsa, 3 foiz chegirma amal qiladi»,— deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring