Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Nyu-Yorkka boradi

Tanzila Norboyeva Nyu-Yorkka boradi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasi doirasida joriy yil 23-sentyabr kuni  bo‘lib o‘tadigan «Yoshlar uchun mehnat sohasidagi kelajak: yoshlar bandligini targ‘ib qilish bo‘yicha strategik hamkorlik» deb nomlangan yuqori darajadagi kengash ishida ishtirok etadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.

Kengash ishida Senat raisi «Davlat-xususiy sheriklik yoshlar bandligi dasturlarini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkin? Bunda hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning o‘rni qanday?» mavzusida ma’ruza qiladi.

Shu bilan birga, tadbirda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida davlat va xususiy sektorlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga doir masalalar, shuningdek yoshlar uchun munosib ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlashga oid innovatsion chora-tadbirlar muhokama etiladi.

Interfaol bahs-munozaralar esa tadbir ishtirokchilariga bu borada mamlakatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring