Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadqiqot: jami daraxt turlarining 38 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi

Tadqiqot: jami daraxt turlarining 38 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi

Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab daraxtlarning global holati bo‘yicha tekshirish o‘tkazdilar. Tadqiqot o‘n yilga yaqin davom etdi, unda turli mamlakatlardan mingga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi.

Hammasi bo‘lib ro‘yxatga 47 282 tur kiritilgan (Yerda 58 ming tur mavjud). Ulardan 16 425 tur yoki 38 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida hisoblangan. Bu ko‘rsatkich Qizil kitobga kiritilgan qushlar, sutemizuvchilar, sudraluvchilar va amfibiya turlarining umumiy sonidan ikki baravar ko‘pdir.

Olimlarning fikricha, o‘rmonlarning kesilishi va iqlim o‘zgarishi mahalliy florani siqib chiqaradigan kasalliklar va invaziv (begona) turlar kabi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Daraxt turlarining eng katta xilma-xilligi Janubiy Amerikada joylashgan. Ammo bu mintaqada ham turlarning to‘rtdan bir qismi xavf ostida (baholangan 13668 turdan 3356tasi).

Olimlarning ta’kidlashicha, daraxtlarning yo‘qolishi sayyoramizning butun ekotizimiga global ta’sir ko‘rsatadi. Ular ko‘pchilik jonzotlarning omon qolishi uchun zarurdir va odamlar oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmonlar uchun daraxt turlariga tayanadi. Daraxtlar kislorod ishlab chiqaradi va karbonat angidridni o‘zlashtiradi.

«Tabiiy xilma-xillikka ega gullab-yashnayotgan o‘rmonlar iqlim o‘zgarishini yumshatish va biologik xilma-xillikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi», deb ta’kidlaydi ilmiy maqola mualliflari.

Yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har yili dunyo bo‘ylab 15 milliardga yaqin daraxt kesiladi va ularning sayyoradagi umumiy soni insoniyat sivilizatsiyasi yuksalganidan beri ikki baravarga kamaydi, deb yozadi Nature nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring