Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoning 5 tumanida hokim almashdi

Surxondaryoning 5 tumanida hokim almashdi

19-20-sentyabr kunlari Surxondaryo viloyatining 5 ta tumanida — Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo va Uzun tumanlarida hokimlar almashdi.

19-sentyabr kuni O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Boysun tumani hokimi vazifasidan ozod qilinib, uning o‘rniga Sariosiyo tumani hokimi Asqarali Jo‘rayev tayinlangan.

Shu kuni Normo‘min Choriyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Qumqo‘rg‘on hokimi lavozimidan ketgan. Uning o‘rniga viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmatullo Gapparov tasdiqlangan. Viloyat hokimiga 2 o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik.

Bugun, 20-sentyabr kuni Botir Alimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Sho‘rchi hokimligidan ozod qilingan. Shu kungacha viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Xudoyberganov uning o‘rniga tayinlangan.

Shuningdek, Boysun tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘ktam To‘rayev Sariosiyo tumani hokimi bo‘lgan.

Shu kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bahrom Tursunov Uzun tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring