Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori e’lon qilindi. 

Faxriddin Kushakov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq Abror Xidirov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring