Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazdi. Holatga rasmiy munosabat bildirildi

Shuhrat G‘aniyev dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazdi. Holatga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanalda 2021-yilning 18-aprel, ya’ni yakshanba kuni soat 18:00 da Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev rahbarligida qishloq ho‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilayotganligi ma’lum qilingan. Ushbu holat yuzasidan Mehnat vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq, ishdan tashqari ish vaqtida hamda dam olish kunlarida xodimlar ishga jalb qilinganda ularga mazkur tashkilotning jamoa shartnomasida belgilangan, lekin kamida ikki hissa miqdorida mehnat haqi to‘lanishi lozim.

Yohud ishdan tashqari ish vaqtida yoki dam olish kunida ishga jalb qilingan xodimlarga ish soatlariga mutanosib ravishda otgul (qo‘shimcha dam olish kuni) berilgan bo‘lsa, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi to‘lanadi.

Joriy yilning 18-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda ishtirok etgan barcha tashkilot xodimlari o‘z mehnat vazifalariga kiradigan masalalar yuzasidan dam olish kunida ishga jalb qilingan.

Vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida tegishli hokimiyat, vazirlik va idoralarga dam olish kunida xodimlarni ishga jalb qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish hamda tegishli to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan ogoxlantirish xatlari berilgan.

Shu bilan birga, vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan hozirgi kunga qadar ishdan tashqari va dam olish kunlarida xodimlarni ishga jalb qilish yuzasidan 300 dan ortiq monitoringlar o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganishlar davomida qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida tashkilot va idoralarga 150 dan ortiq yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

Hurmatli ish beruvchi va xodimlar! Yuqoridagi nazarda tutilgan mehnat qonunbuzilishlari yuzasidan murojaat qoldirish hamda qo‘shimcha tushuntirish olish maqsadida vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga, 1176 qisqa raqamiga, www.dmi.mehnat.uz saytiga hamda vazirlikka yozma ravishda murojaat qilishingiz mumkin, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring