Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi.

Ilgari bu joy foydalanilmay turgan bino edi. 2020-yil sentyabrda uning o‘rnida zamonaviy kombinat tashkil etildi. Bu yil avgust oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.

Korxonaga Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan energiya tejovchi uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda polipropilen ip, gilam va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ular AQSh, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini va shou-rumni ko‘zdan kechirdi.

Kombinatda 250 ta ish o‘rni yaratilgan. 2022-yilda uchinchi bosqich — akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetadi. Mahsulotning 45 foizi chet elga sotilishi, yillik eksport 5 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Prezidentimiz mahsulot turlarini ko‘paytirish, boshqa tumanlarda ham shunday korxonalar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari yakuniga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring