«Sevimli» telekanalida namoyish etilayotgan milliy serialni AOKA o‘rganishni boshladi
«Sevimli» telekanali orqali milliy serial namoyish etish chog‘ida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi dastlabki o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlangan.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter