Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Foto: Eco.gov. uz

Urgutda tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Omonqo‘ton» milliy tabiat bog‘iga bir necha noma’lum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgan.

Ular milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan maydonda Taxtiqoracha dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida yo‘lda mavjud bo‘lgan jami 64 tup daraxt va butalar hamda Qizil kitobga kiritilgan 12 turdagi 2,6 ming tup o‘simliklar payxon qilinib, tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring