Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qurol to‘g‘risida»gi qonunga to‘ldirishlar kiritiladi

«Qurol to‘g‘risida»gi qonunga to‘ldirishlar kiritiladi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Endilikda, Soliq kodeksiga kiritilayotgan to‘ldirish bilan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat boji undirilmaydi.

Shuningdek, «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi qonunida «Xotin-qizlar va erkaklar ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishda teng huquqlarga ega» ekanligi qayd etilmoqda.

Shu bilan birga «Qurol to‘g‘risida»gi qonunga ham bir qator to‘ldirishlar kiritilishi mumkin.

Unga ko‘ra, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning fuqaroviy qurolni saqlash hamda olib yurish huquqi himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklangan hollarda, ichki ishlar organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, keyinchalik qurol va uning o‘q-dorilari huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi Milliy gvardiya organlariga topishirilgan holda olib qo‘yiladi.

Muhokama joriy yilning 4-dekabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring