Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston hukumati Sirdaryoga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘iziston hukumati Sirdaryoga insonparvarlik yordami yubordi

Sirdaryo viloyatiga Qirg‘iziston elchisining maslahatchisi Guplan Jumaliyev yetakchiligidagi delegatsiya insonparvarlik yordamini olib keldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur delegatsiyani Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari D.Madrimov, viloyat prokurori R.Masharipov hamda viloyat nuroniylari Guliston shahrida kutib olishdi.   

Qirg‘iz xalqi tomonidan 3 ta yuk mashinasida 20 tonna makaron, 20 tonna guruch, 10 tonna o‘simlik yog‘i, 10 tonna shakar, 5 tonna suv, 10 tonna kartoshka olib kelingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring