Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaynonaning kartasidan pul o‘g‘irlagan noma’lum shaxs aniqlandi

Qaynonaning kartasidan pul o‘g‘irlagan noma’lum shaxs aniqlandi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi N.K. (1989-y.t.) tuman IIBga arz qildi. Arizada ko‘rsatilishicha, uning qaynonasiga tegishli bank kartasidan noma’lum shaxs 680 000 so‘m pulni o‘zlashtirib olgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noma’lum shaxs aniqlandi. U jabrlanuvchi (qaynona)ning kelini — Guliston tumanida yashovchi N.M. (2000-y.t.) bo‘lib chiqdi.

N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring