Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

N.Erkayev 1971-yil Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 2017-2018-yillarda Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan. Bugungacha Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimining cobiq birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev yaqinda Prezident selektorida tanqidga uchrab, ishdan bo‘shatilgandi.

To‘rayev Jo‘rabek Abdullayevich viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jo‘rabek To‘rayev 1984-yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009-yil Termiz davlat universitetini, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi-tarmoqlar bo‘yicha.

J.To‘rayev yangi vazifaga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring