Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Prokuratura to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga muvofiq, ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan 20 ga yaqin qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari ishining o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda, 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.

Shu bilan birga, endilikda Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi (ilgari ular ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan).

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlar manfaatlarini ko‘zlab ma’muriy sudga berilgan ariza (shikoyat) yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishiga oid norma kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring