Prezident yangi qaror qabul qildi
Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob tizimini joriy etish maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning «Ochiq raqamli ekotizimi» axborot tizimlari majmuasini 2022-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.
Markaz zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajarish;
mulkchilik shaklidan, idoraviy va tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan qat’i nazar, elektron tijorat platformalariga o‘zining mijozlar bazasidan teng foydalanishi hamda ularga xizmatlar ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish;
Raqamli ekotizimning «eskrou» tizimi funksiyalarini bajarishi munosabati bilan bitta shaxsiy hisobvaraqdan hisob-kitoblar va to‘lovlar hamda tomonlarning shartnoma majburiyatlari kafolatli (akkreditiv tamoyili bo‘yicha) bajarilishini ta’minlash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter