Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tanqididan so‘ng Andijondagi voqea yuzasidan vazir emas, matbuot kotibi uzr so‘radi

Prezident  tanqididan so‘ng Andijondagi voqea yuzasidan vazir emas, matbuot kotibi uzr so‘radi

Foto:Xalqaro press klub

Andijondagi fojea oshkor bo‘lgani hamono jamoatchilik tomonidan (aybdorlar qat’iy javobgarlikka tortilishiga shubha qilmasa-da)  Ichki ishlar vazirligi rahbariyati rasman uzr so‘rashi, hatto vazir iste’fo berishi kerakligi mazmunidagi fikrlar yangragan edi.

Kuni kecha odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi  mamlakat Prezidenti Andijon va Chiroqchida IIB xodimlari qiynoqlaridan ikki inson vafot etganini tilga olib, tizim rahbarlarini qattiq tanqid qilar ekan, buning  xalqdan nima uchun rasman kechirim so‘rashmaganini  katta savol qilib qo‘ydi.

Bugun  andijonlik  IIB xodimlarining shafqatsizligi natijasida o‘lim topgan fuqaro, mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan  jinoyat  ishiga bag‘ishlangan  Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ko‘pdan kutilgan rasmiy uzr, nihoyat, yangardi. Rasmiy uzrni Ichki ishlar vaziri shaxsan o‘zi emas, uning  matbuot kotibi so‘radi: «Andijonda bo‘lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz. Holat yuzasidan barchadan uzr so‘raymiz», dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring