Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sobiq matbuot kotibi Asadjon Xo‘jayev yangi ishga o‘tdi

Prezident sobiq matbuot kotibi Asadjon Xo‘jayev yangi ishga o‘tdi

Hukumat qarori bilan Asadjon Azatbekovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Bunga qadar u Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Asadjon Xo‘jayev 2017-yil martidan avgustiga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan. So‘ng Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

U, shuningdek, 2011—2012-yillarda Intellektual mulk agentligiga, 2012—2017-yillarda esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring