Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Jo‘qorg‘i Kenges raisiga hamdardlik bildirdi

Prezident Jo‘qorg‘i Kenges raisiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli davlat arbobi Qallibek Kamalovning rafiqasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘g‘org‘i Kengesi Raisi Murat Kamalovning onasi Lyubov Kamalova vafoti munosabati telefon orqali ta’ziya bildirdi hamda hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Bugun davlat rahbari matbuot kotibi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda qoraqalpog‘istonlik faollar bilan birgalikda Nukus shahrida Kamalovlar xonadonida bo‘lib, marhumning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdi va prezident maktubini yetkazdi.

Xonadonda Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring