Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentdagi hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Parkentdagi hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Parkent tumanidagi hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aytilishicha, jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17-dekabr kuni Parkentdagi «Lion park» xususiy hayvonot bog‘ida bir qafasda saqlanayotgan 3 ta sher hayvonot bog‘i hovlisiga chiqib ketib, shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi F.I. (1980-y.t.)ga tashlanib, unga jarohat yetkazgan. Oqibatda u olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring