Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zingiz va farzandlaringizni ehtiyot qiling — Yurtimizda sel kelishi xavfi bor

O‘zingiz va farzandlaringizni ehtiyot qiling — Yurtimizda sel kelishi xavfi bor

Yurtimizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 29-31 may kunlari sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

«Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga!

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning «1050» raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda sel tufayli yurtimizda fojeali holatlar ro‘y berdi. May oyining boshida Jizzax viloyati Zomin tumanida opa-uka selda oqib ketib, vafot etgani xabar qilingan edi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 10 yoshli qizcha sel qurboniga aylangan.

Xabar.uz tahririyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizdan yuqori darajada e’tiborli bo‘lishlarini so‘raydi. O‘zingiz va farzandlaringizni ehtiyot qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring