Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet»: yurtimizga nam va iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

«O‘zgidromet»: yurtimizga nam va iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Bugun respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, 7-10 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.

1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor),1-2-fevralda kuchli bo‘ladi.

31-yanvar va 1-2-fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati hafta davomida me’yor atrofida bo‘ladi va kechalari 1 daraja sovuq-4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Ertaga 31-yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

1-2-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring