Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich faoliyat boshlaydi

O‘zbekistonda masjidlar bosqichma-bosqich faoliyat boshlaydi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 15-avgustdan boshlab yurtimizda masjidlar  bosqichma-bosqich yana faoliyat ko‘rsata boshlaydi.  Bu haqda  «Azon.uz» o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ayni soatlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha imom va noiblar ishtirokida videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazmoqda. 

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofir Ahmedov ham ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda pandemiya vaqtidagi imom xatiblar faoliyatini yanada samarodorlik qilish, davlatimiz tomonidan imomlarga e’tibor qaratilib, 150 milliard so‘m ajratilgani, yoshlarimizning tarbiyasida imomlarning o‘rni va ta’siri bo‘lishi zarurligi kabi mavzularda so‘z borayotir. Shuningdek, masjidlar faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, bunda avvalo nimalarga e’tibor qaratilishiga oid chora-tadbirlar muhokama etilmoqda.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha  batafsil ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring