Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan o‘tdi

O‘zbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan o‘tdi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

O‘zbek sporti fidoyilaridan biri, mamlakatmiz nogiron-amputantlar jamoasini jahonning eng kuchli termasiga aylantirgan inson Rustam Qoriyev 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga tayanib xabar qilmoqda.

Rustam Qoriyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko‘tarilgan.

1988 yilda esa Afg‘onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo‘lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat «Matonat» nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi «Baynalminal»ga o‘zgartirildi.

Shu vaqt davomida «Baynalminal» jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora «Rojdestvo kubogi», ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini «Baynalminal» jamoasi a’zolari tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritadi.

Rustam Qoriyev mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun «Do‘stlik» ordeni va qator mukofotlar bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» tahririyati jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring