Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda katta chegirmalar berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda katta chegirmalar berish rejalashtirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Koronavirus sabab xorijiy sayyohlarning kamayishi ortidan ichki turizmga katta e’tibor beriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga ko‘ra, ichki turizmni rivojlantirishda katta chegirmalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

«Aholining daromadi kamroq qatlamida sayohat qilish ko‘rsatkichi past ekani rost. Katta-katta mehmonxonalarimiz bilan gaplashdik. Ular chegirmalar joriy etishga rozi. Transport sohasi vakillari ham shu jumladan. Shunga ko‘ra, sayohat xarajatlari ikki baravarga arzonlashishi mumkin.

Ushbu chegirmalarni yil oxirigacha joriy etish ko‘zda tutilgan.

So‘nggi vaqtlarda xorijiy turistlarning keskin kamaygani ichki turizm uchun qulay imkoniyatni vujudga keltiradi» - dedi Abduhakimov.

Raisning ta’kidlashicha, avval ko‘proq tarixiy obidalar va ziyorat turizmiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda, gastronomik, tibbiyot turizmiga ham yo‘l ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qiziq bir tajriba ham oshkor qilindi: endilikda sayyohning yurgan masofasiga qarab, unga ma’lum ballar beriladi va davlat xizmatlari bog‘liq jarayonlarda fuqarolarga bonuslar joriy etish amaliyoti boshlanadi.

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Marg‘ilondagi Hunarmandlar markaziga borgandi. Ushbu hunarmandlik markazida 600 kishi ishlamoqda. Markaz kelajakda yirik turistik manzilga aylanishi kutilmoqda. 

Avvalroq, Abduhakimov koronavirus pandemiyasing turizmga ta’siri xususida gapirgandi. Jumladan may oyida yurtimizga deyarli xorijiy turistlar tashrif buyurmagan. Joriy yilda faqat 2016 yil ko‘rsatkichlariga yetib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring