O‘zbekiston bo‘ylab «prava» sabab tezkor tadbirlar amalga oshirildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon, Denov tumanlari va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Unda «A.A.» MChJ va «Ya.M.» xususiy avtomaktabi o‘rgatuvchi ustalari 2 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 800 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga go‘yoki Beruniy tumani YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Vobkent tumani bo‘limi va Buxoro viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.R. fuqaro G.T.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter