«O‘zavtosanoat» rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

«O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Shukurov Azizbek Qobilovich «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisining transformatsiya va moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Rahmonov Bahodirjon Solijonovich «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsion aloqalarni kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Muhamedov Diyor Raufovich jamiyat boshqaruvi raisining transformatsiya va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Odiljon Bastamkulov UzAutoMotors bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter