Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z qalbining kapitanlari

O‘z qalbining kapitanlari

Hayotda insonning ongli ichki qurilmasi hamisha chorrahada bo‘y ko‘rsatib turadi. U muvaffaqiyatga eltishi yoki omadsizlik tomon boshlashi mumkin. Muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik olib keladigan yagona omil shuki, u bizga mol-dunyoni in’om etishi yoki bir umr qashshoqlikka duchor qilishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa shaxsiy ongimizni egallash hamda uni kerakli yo‘nalishga burib yuborishdan iborat oddiy afzallikdir.

Sizning ichki ongli qurilmangiz yoki odamlarni sizga jalb etib, ularni do‘stlik ruhida siz bilan hamkorlikka chorlaydi, yoki bu qurilma ijobiy yoki salbiy bo‘lishidan qat’i nazar, ularni sizdan nari itqitadi. Uning qanday bo‘lishini belgilaydigan yagona inson siz hisoblanasiz.

Ichki ongli qurilma belgilovchi kuch bo‘lib, u inson ibodat asnosida oladigan natijalar uchun asosiy omildir. Faqat chuqur ishonch bilan mustahkamlangan ichki qurilma ijobiy natija berishi mumkin.

Ongli ichki qurilma bu nimaiki bo‘lsa, uning savdosi bilan bog‘liq barcha korxonalar uchun alfa va omega hisoblanadi. Bu savdo, tovar, xizmatlar, ma’ruzalar, g‘oyalar hamda boshqa savdo predmetlari bo‘lishi mumkin. Salbiy tafakkurga ega bo‘lgan odam hech narsa sota olmaydi. U xaridorning buyurtmasini ado etishi mumkin, ammo ishoning, savdo jarayonining o‘zi ro‘y bermagan bo‘ladi. Siz bunday misollarning jonli manzarasini do‘konlarda ko‘rganssiz: sotuvchilar xaridorlarning istagini bajo keltirishga unchalik ham qiziqmaydilar.

Epchil sotuvchi o‘z tafakkurini savdo qiluvchi xaridor bilan aloqaga kirishishga moslaydi, u o‘zini mol sotayotgandek tasavvur qiladi. Xaridorga tovar sotishdan oldin uni o‘z-o‘ziga sotishi kerakligini yaxshi tushunadi.

Yuqori darajadagi ichki qurilma bizning hayotda qanday mavqeda ega ekanligimiz, egallagan boyliklarimizni qo‘lga kiritgandagi yutuqlarimiz, o‘zimiz tanlagan do‘stlarimiz va kelajakka qo‘shadigan hissamiz uchun javob beradi. Bu buyuk haqiqatni mazkur so‘zlarni yozgan shoir V.Ye.Xenli juda yaxshi anglagan: «Men o‘z taqdirimning xo‘jayini, o‘z qalbimning kapitaniman».

Haqiqatan, biz o‘z taqdirimizga qanchalik darajada aqlimizga ega bo‘lishimizga qarab hukm o‘tkazamiz, unga ichki ongli qurilmaga mos ravishda muayyan yo‘nalish beramiz. Siz ham quyidagi vositalar yordamida ichki qurilmangizni nazorat qilishingiz mumkin:

Bir yoki bir necha asosiy harakatchan motivlarga asoslangan muayyan maqsadni egallashga nisbatan qizg‘in istak-xohishlar. Bunda birinchi qatordagi uch o‘rinni sevgi-muhabbat, jinsiy hayot va pul egallaydi.

Tajribaga asoslangan tafakkurga ega va sizni o‘ylashga ishontiruvchi va ichki pozitiv qurilmalar doirasida ish ko‘ruvchi kishilar bilan chambarchas aloqada bo‘lish;

O‘z-o‘zini ishontirish. Siz uning yordamida miyangizga ma’lum ko‘rsatmalar berasiz. Shunga qadar u faqat boylika yo‘nalgan narsa hamda vaziyatlarga sizni jalb etmagan bo‘ladi. Mazkur jarayonni go‘yo o‘z-o‘ziga, shuningdek, ovoz chiqarib axborotni botiniy ongga qadar yetkazishga to‘g‘ri keladi.

Har kungi ibodat. Siz ixtiyoringizda bo‘lgan narsalar uchun shukronalik keltirasiz, hadeb nuqul so‘rayvermaysiz. Ko‘proq aql berishini so‘rang, toki ixtiyoringizdagi narsalarga ko‘p va yaxshiroq amru farmon beradigan bo‘ling. Ehtimol, bu ibodatning eng muhim qismidir. Shu tariqa u ishonchingiz kuchini oshiradi va har qanday sharoitda ham farovonlikka erishishda siz uchun xizmat qiladi.

Unutmang, sizning botiningizda ulkan pahlavon yotibdi. Uning kuchini istalgan istak-xohishingizni bajarishga yo‘naltirishingiz mumkin. Ana shunda bir kuni ertalab uyg‘onib, muvaffaqiyatlar to‘lqiniga tushib qolganingizni ilg‘aysiz. Chinakamiga hayratga tushasiz va o‘zingizga savol berasiz: nega ulkan muvaffaqiyatga erishish uchun barcha qobiliyatlarga ega ekanligimni tushunmagan ekanman-a?..

O‘z qalbingiz kapitani bo‘ling!

(Napoleon Xill kitobidan)

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring