Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ota-onasi deportatsiya qilingan ikki bola Moskvada qarovsiz qolib ketdi

Ota-onasi deportatsiya qilingan ikki bola Moskvada qarovsiz qolib ketdi

Rossiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola bugun tongda Toshkent aeroportiga olib kelindi.

Ular ota-onalarining deportatsiya qilinishi natijasida Moskvada qarovsiz qolgan 3 yoshli qizaloq va 15 yoshli o‘g‘il boladir.

Bolalarga Moskvadagi «Altufevo» voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazi xodimlari hamrohlik qilgan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar va ularning oilalariga hayotga moslashish va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring