Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayev Sergelida janjal ko‘targan fuqarolarga yangi ro‘yxat bo‘yicha pul tarqatishga va’da berdi

Ortiqxo‘jayev Sergelida janjal ko‘targan fuqarolarga yangi ro‘yxat bo‘yicha pul tarqatishga va’da berdi

Videolavhadan skrinshot.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sergeli tumani «Humo» mahallasida vujudga kelgan noxush vaziyat sabab,  u yerga borib aholi bilan uchrashdi.

Shahar hokimi tomonidan 1-2 kunda ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi ro‘yxatini mahalla fuqarolarining o‘zlari shakllantirishlari bo‘yicha taklif berdi va shu ro‘yxat asosida uyma-uy kirib pul tarqatishni va’da qildi.

«Prezident bergan pulni hammaga talon-toroj qilib berish adolatsizlik bo‘ladi. O‘zingiz bir kishini tanlanglar, ro‘yxat tuzinglar. O‘zingiz bergan ro‘yxat bo‘yicha uyingizga pulni olib borib beramiz», dedi uchrashuvda hokim.

Hokim bu ro‘yxatni aholi 1-2 kunda tuzib berishsa, pul manbasini aniqlab, keyin tarqatilishini aytdi. Shuningdek, u o‘ziga to‘q oilalar ham pul kerak emas deb ro‘yxatga imzolab berishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.

«Biz 3 kunni ichida uyma-uy yurib tarqatamiz. Ko‘chada tarqatish yo‘q», dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring