Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 4 oylab maosh olmagan ishchilar muammosi hal etildi

Surxondaryoda 4 oylab maosh olmagan ishchilar muammosi hal etildi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqarolar ish haqlarini to‘lashda yordam so‘rab murojaat yo‘lladi. 

Murojaatda keltirilishicha, «Surxondaryo Agroxizmat» MChJning to‘rt nafar sobiq xodimlari shu yilning avgust oyida aprel-iyul oylari uchun ish haqi vaqtida to‘lanmay kelgani sababli ishdan bo‘shashgan. Lekin ularga 4 oylik maoshlari ham to‘lanmay, xodimlar bilan yakuniy hisob-kitob qilinmagan.

Murojaat mualliflarining qayd etishicha, ular bir necha marotaba «Surxondaryo Agroxizmat» MChJ rahbariyatga ish haqlarini so‘rab murojaat qilishganida, hozirda ushbu jamiyat hisobida mablag‘ mavjud emasligi sababli ular bilan yil yakunida hisob-kitob qilishlari aytilgan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, «Surxondaryo Agroxizmat» MChJga mehnat qonunchiligi buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha murojaat yuborilgach, jamiyat sobiq ishchilarining qoldiq ish xaqlari to‘liq hisoblab chiqilib, ularga 40 mln. so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring