Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqdagi uch zo‘ravon soliqchi ishdan bo‘shatildi

Olmaliqdagi uch zo‘ravon soliqchi ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida sotuvchilarning buyumlarini zo‘rlik bilan tortib olgan soliqchilar aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov «Zamon.uz»ga holat yuzasidan intervyu berdi.

«Davlat soliq xizmati organlari fuqarolarga nisbatan hech qachon kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda soliq organlari tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lib, ularning qonuniy faoliyat yuritishlarida amaliy yordam berishga doim harakat qiladi», – deydi Muzaffar Nazarov.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tezkor ravishda xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Voqea aybdorlari bo‘lgan uch nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va barcha maxsus unvonlari bekor qilingan.

Bundan tashqari, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining boshlig‘i, uning o‘rinbosari hamda Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘iga ham tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi boshlig‘i Sherzod Kudbiyev video yuzasidan murojaat qilib, xalqdan kechirim so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring