Oliy Majlis deputati o‘ziga qarshi «buyurtma hujum» uyushtirilayotganini ma’lum qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘ziga nisbatan informatsion hujum boshlanganini ma’lum qildi.
«Menga qarshi bir nechta nomardlar birlashib, «informatsion ataka»ga buyurtma berishibdi. Sababi shundoq ham ma’lum...
Qamroviga qaraganda kichkina kuchlar emas.
Shu bois, men haqimdagi hamma gapga ham ishonaverish kerakmas, nimadir gap bo‘lsa o‘zim ma’lum qilaman» deya yozgan deputat.
Eslatib o‘tamiz, Kusherbayev avvalroq pensiya yoshini uzaytirish bo‘yicha g‘oyani tanqid qilib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter