Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ohangaron» chiqindi poligonida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hududlarda ko‘mish ishlari olib borildi

«Ohangaron» chiqindi poligonida yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hududlarda ko‘mish ishlari olib borildi

Yoz mavsumida havoning isishi oqibatida «Ohangaron» chiqindi poligonidan chiqayotgan kishi tabini xira qiladigan xid va tutun Toshkent-Farg‘ona yo‘lidan o‘tuvchi yo‘lovchilar va Ohangaron aholisining e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

Bu masalani bartaraf qilish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi bevosita «Ohangaron» chiqindi poligonida maxsus shtab tashkil qildi va 22 ta samosval, 2 ta avtoyuklagich va 5 ta buldozer jalb qilib, yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan hududlarda ko‘mish ishlarini olib bordi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lumoti ma’lum qilib o‘tgan.

«Ohangaron» chiqindi poligoni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring