Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodir To‘raqulov «panohida»gi yana bir «zapravka» auksionga qo‘yildi

Nodir To‘raqulov «panohida»gi yana bir «zapravka» auksionga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining tegishli hukmiga ko‘ra, sobiq MXX xodimi N.To‘raqulov va uning qudasi E.Norqobilov tomonidan jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish orqali orttirilgan mulklar birin-ketin sotuvga quyilmoqda.

O‘tgan hafta E.Norqobilovga tegishli «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MChJning  Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» auksion savdoda sotilgani haqida xabar berilgandi.

Endi qudalarga tegishli yana bir mulk — «Surxon-Angor-Servis-Texnika» MChJ balansidagi Boysun tumanida joylashgan «Avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi» onlayn auksion savdosida xaridorini kutmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur ob’yekt 14 milliard 420 million 239 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan 24 sentyabr kuni  savdoga chiqarilgandi. Biroq 11-okyabr kuni bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor topilmaganligi sabab 30-oktyabr kuni takroran savdoga qo‘yildi.

Majburiy ijro byurosi ko‘ra, savdodan tushgan pul mablag‘lari davlat daromadiga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring