Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy shahrida 10 gektarlik bog‘ barpo etiladi

Navoiy shahrida 10 gektarlik bog‘ barpo etiladi

«Bir million daraxt» aksiyasi Navoiy viloyatida davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydondan boshlandi.

Dastlab bu yerga Navoiy shahrida yangidan barpo etilayotgan «Kelajak bog‘i» uchun ajratilgan hududga daraxt ko‘chatlari ortilgan avtomashinalar hamda mehnat jamoalari uchun hozirlangan avtobuslarda viloyat faollari, deputatlar, tadbirkorlar, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar, tashkilot, korxona va muassasalar ishchi xodimlari hamda keng jamotchilik vakillari yig‘ilishdi.

Aksiyada Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov va sektor rahbarlari ham ishtirok etdi. Tadbirda bugungi kunda har bir fuqaroning hayoti, sog‘ligi, farovon turmushi bevosita atrof-muhitning tozaligi, sofligiga bog‘liq ekanligi va bu aynan shahar va tumanlarda aholi yashash maskanlarida turli tashqi ta’sirlar tufayli tabiiy muhit o‘zgarib borayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Aksiya doirasida Navoiy shahridagi o‘n gektar maydonda tashkil etilgan «Kelajak bog‘i»ni barpo etishga 5 ming nafardan ortiq fuqaro o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi. Bu yerda o‘n besh mingdan ortiq manzarali daraxtlar ommaviy hashar yo‘li bilan ekildi. Bundan tashqari, aksiya shu kunning o‘zida viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham boshlanib, qariyb o‘n besh ming nafar fuqaro tomonidan 100 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi.

«Bir million daraxt» aksiyasi viloyat shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring