Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Mudofaa bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Foto: «Uza.uz»

Mudofaa bo‘limi boshlig‘i 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushdi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qiladi.

Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta’magirlik qilib, o‘zining Qorako‘l tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi va 211 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring