Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Metan zapravka»lar yopib qo‘yilishi haqidagi xabarlar izohlandi

«Metan zapravka»lar yopib qo‘yilishi haqidagi xabarlar izohlandi

Foto: Xabar.uz

«Hududgazta’minot» AJ ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish butunlay to‘xtatilayotgani  haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Ayni paytda gaz ta’minoti sohasi xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Shu munosabat bilan magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi bilan bog‘liq vaziyat ayrim joydagi mahalliy tarmoqlarga ta’sir kòrsatganligi sababli ba’zi hududlarda viloyat hokimliklari tomonidan avval tasdiqlangan AGQKSh ish jadvallariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

«Hududgazta’minot» AJ ijtimoiy tarmoq faollari va OAV vakillaridan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik va iste’molchilarni chalg‘itmaslikni so‘raydi, deyiladi tashkilot tarqatgan ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring