Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mehribonlik uyini prokuratura binosiga o‘tkazganimdan keyin sobiq bosh prokuror bilan san-manga borgandik — Shavkat Mirziyoyev

Mehribonlik uyini prokuratura binosiga o‘tkazganimdan keyin sobiq bosh prokuror bilan san-manga borgandik — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyat hokimi bo‘lib ishlagan vaqtida Mehribonlik uyidagi muammolar va uni qanday hal qilgani haqida gapirib o‘tdi.

— Samarqanddagi mehribonlik uylarini mendan yaxshi biladigan odam yo‘q. Birinchi marta kelganimda u joylarga kirib bo‘lmasdi. Bir tuman prokuraturasi chiroyli binoda o‘tirgan ekan. Qarovsiz mehribonlik uyini o‘sha binoga ko‘chirtirdim.

O‘shanda birinchi marta respublikaning sobiq prokurori bilan san-manga bordik. «Men shu viloyatda hokimman, o‘zim uchun qilmadim, bolalar uchun, xalq uchun qildim», degandim.

Ular ham bizning farzandlarimiz. Ularning ham Xudodan umidi bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring