Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lord Muhammad Iltaf Shayx vafot etdi

Lord Muhammad Iltaf Shayx vafot etdi

Buyuk Britaniya Lordlar Palatasining umrbod a’zosi, 81 yoshli Lord Muhammad Iltaf Shayx 2022 yil 22 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i xabar berdi.

Lord o‘zidan 44 yosh kichik, samarqandlik Gulixonim Murodovaga uylangani bilan O‘zbekistonda tilga tushgan edi.

«Keniyada tug‘ilib, Ugandada katta bo‘lgan, sug‘urta kompaniyasini boshqarib millionerga aylangan, 2017 yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha yirik xalqaro tadbirlar, xususan saylovlarda kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etgan, mamlakatdagi o‘zgarishlarni qo‘llab kelgan Lord Muhammad Iltaf Shayx O‘zbekiston tarixi va madaniyatini yaxshi bilardi va hurmat qilardi», deb yozadi jurnalist Aziza Qurbonova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring