Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi revolyusion hujjat qabul qilinadi

Korrupsiyaga qarshi revolyusion hujjat qabul qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha revolyusion hujjatlar tayyorlanib, yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Unga kiritilganlarga bir qator cheklovlar o‘rnatiladi;
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi;
  • manfaatlar to‘qnashuvi deb hisoblanadigan holatlar belgilanadi, ularga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortiladi;
  • korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
  • kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini har 5 yilda rotatsiya qilish mexanizmi kiritiladi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring