Konstitutsiya bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket uch kun dam oladi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 2024-yilning 8-dekabri yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 9- dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Shunday qilib:
7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter