Keshbek eng ko‘p to‘langan hududlar ma’lum bo‘ldi (infografika)

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar oyida iste’molchilarga 118,5 millionta chek uchun 92,6 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Toshkent shahri — 37,1 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 9,2 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati — 8,5 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 5,9 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 4,5 mlrd so‘m.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter