Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Harorat 0 darajagacha pasayadi» — O‘zgidromet

«Harorat 0 darajagacha pasayadi» — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 29-31 mart kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugun 29 mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida kunning birinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo 14-17 daraja iliqqacha isiydi.

Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o‘tar kechasi havo 0-5 daraja iliqqacha bo‘ladi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharq tomondan esadi, bugun ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 29 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda 29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30-31 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat 10-12 daraja iliq, shanba kuni 12-14 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Kechalari harorat 3-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring