Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantin payti Toshkent shahridan uy sotib olish mumkinmi?

Karantin payti Toshkent shahridan uy sotib olish mumkinmi?

Foto: «Akket.com»

Bugun AOKA shtabida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Akbarxon Yunusxo‘jayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Murojaatchilardan biri Toshkent shahridan uy sotib olish masalasida bergan savolning mazmuni quyidagicha:

— Zangiota tumanida doimiy propiskada turaman. 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahridan o‘z nomimga uy sotib olishim mumkinmi?

Akbarxon Yunusxo‘jayev savolga quyidagicha javob berdi:

— Prezident farmoni asosida 2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish TALAB QILINMASLIGI ko‘zda tutiluvchi tartibni joriy etish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur masalada mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Ammo respublikamizda bugungi kunda karantin joriy etilgani sababli, notarial idoralari hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul vaqtincha to‘xtatilganligi sababli, karantin TUGAGANIDAN SO‘NG murojaat etishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring