Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamar taqmagan yo‘lovchi qancha jarima to‘lashi aytildi

Kamar taqmagan yo‘lovchi qancha jarima to‘lashi aytildi

Foto: Xabar.uz

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori Aziz Rahmatullayev haydovchi yonidagi yo‘lovchi kamar taqmagan taqdirda qancha jarima to‘lashini aytib o‘tgan.

«Yangi qoidalarga asosan yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmagan bo‘lsa, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish ko‘zda tutilgan. Uning jarima miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 qismi, ya’ni hozirgi kunda bu 135 ming so‘mni tashkil qiladi», degan Rahmatullayev.

Xabar.uz tahririyati ayni shu masalaga to‘xtalib, kamar taqmaganda kim jazolanishi — haydovchimi yoki yo‘lovchi, degan masalani ko‘tarib chiqqandi. Keyinroq yo‘lovchining o‘zi aybdor bo‘lishi haqida rasmiy izoh berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring