Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda irrigatsiya tizimi mansabdori qo‘lga olindi

Jizzaxda irrigatsiya tizimi mansabdori qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar M.R., M.Ya. va boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida Asaka tumani «Ulug‘bek» MFY hududida joylashgan 20 sotix zaxiradagi yer maydoni hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Tuyatortar» QLI irrigatsiya tizimi sho‘’ba bo‘lim boshlig‘i Q.X. fuqaro O‘.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida ushbu irrigatsiya tizimiga qarashli 1 gektar yer maydonini hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring