Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishxonaga velosipedda qatnayotgan deputat «okalar»ga tagdor gap qildi

Ishxonaga velosipedda qatnayotgan deputat «okalar»ga tagdor gap qildi

Rasul Kusherboyev.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depupati Rasul Kusherboyev ishga velosipedda qatnamoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Bu hol deputatga ko‘pam ma’qul tushmagan ko‘rinadi. Buni tarmoqda yozgan gapi ohanglaridan ilg‘ash qiyin emas: «Karantin sabab Parlament va deputatlar boshqa idoralardan farqli o‘laroq, avtotransportda yurishdan mahrum qilingan bir paytda «dux»ni cho‘ktirmay, zarur bo‘lganda ishga velosipedda kelishga o‘tvoldik. «Zato» sog‘liqqa ham foyda»!

Deputatning kinoyalari keyingi jumlalarda yanayam yaqqolroq seziladi: «...Yaltiragan mashinalarida yurgan idoralardagi «okalarimiz» karantin qo‘l keldi, deb ishqilib deputatlarni velosipedda yurishdanam mahrum qilib qo‘ymasa bo‘ldi. Unda u yog‘iga «peshkom», lekin qaytish yo‘q!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring