Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ish va o‘qish boshlanish vaqtlarini o‘zgartirish taklif qilindi

Ish va o‘qish boshlanish vaqtlarini o‘zgartirish taklif qilindi

«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkentdagi tirbandlikning oldini olish maqsadida ish va o‘qish boshlanish vaqtlarini o‘zgartirishni taklif qildi.

Uning aytishicha, davlat xizmatchilari uchun ish vaqti 8:30 dan, talabalar uchun o‘qish vaqti soat 10:00 dan boshlanishi kerak.

«Jamoat transporti tizimli va sifatli bo‘lsa, aholi xususiy avtodan kam foydalanadi. Jamoat transporti tizimsiz va sifatsizligida tirbandlikning o‘rni katta. Tirbandlikni keltirib chiqarayotgan oqimning katta qismi talabalar. Tirbandlik ertalab o‘qishga kelish va qaytish vaqtiga to‘g‘ri kelyapti.

Nima uchun davlat xizmatida ish boshlash vaqtini 8:30, oliygohlarda o‘qish boshlash vaqtini 10:00 ga belgilash mumkin emas? Osmon uzilib yerga tushmaydi, lekin jamoat transportiga ham, avtoyo‘llarga ham bosim jiddiy kamayadi.

Jazoni kuchaytirish, tartibbuzarlarga betoqat munosabatni shakllantirish bilan bir qatorda, jamoat transportini jozibali va qulay qilish ham avtomashina oqimini kamaytirish, yo‘llardagi fojealar oldini olishga xizmat qiladi», deb yozadi u o‘z kanalida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov Toshkentga tramvayni qaytarishdan ko‘ra jamoat transporti tizimini tartibga solish arzonga tushishini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring