Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ayrat Yo‘ldosh

Beshikdan qabrgacha ilm izla!

Iltimos, tadbirlarni yupun kiyingan qizchalarsiz o‘tkazing!

Iltimos, tadbirlarni yupun kiyingan qizchalarsiz o‘tkazing!

Men shu rasmni qo‘yib o‘z sahifamda post yozar ekanman, G‘aniyev sha’niga hech narsa demoqchi emasman. Sababi, bu ish birgina bu odam qatnashadigan tadbirga xos ish emas.

SSSRdan qolgan bu odat mamlakatimizning turli hududlaridagi turli tadbirlarda qilinadi.

Uzoqqa bormay, 6 noyabr kuni Jizzaxda Sh. Rashidovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdim. O‘sha kuni ham yaxshigina sovuq edi va milliy kiyimdagi yosh qizchalar bir necha soat yupun kiyimda sovqotib Rashidov haykalining oldida turishdi.

Hurmatli mutasaddilar, sizdan iltimos. Mana shunday sovuq kunlarda o‘tkazayotgan tadbiringizda milliy libosda, yupun kiyinib turgan qizlarning sog‘ligini o‘ylang.

Xudo ko‘rsatmasin sovuqda turadigan o‘sha qizlardan biri dardga chalinsa uning davolanishi uchun hisobingizdan bir tiyin ham bermaysiz. Mabodo berganingiz bilan uning yo‘qotilgan sog‘ligi qayta tiklanmasligi ham mumkin.

Shunday ekan, tadbiringizni yupun kiyingan qizlarsiz o‘tkazing.

Iltimos!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring